AsosiyDunyo

Evroittifoq “Brexit” kelishuviga rozi bo`ldi

'Evroittifoq “Brexit” kelishuviga rozi bo`ldi 'ning rasmi

Evropa Ittifoqi unga a`zo davlatlar rahbarlari ishtirokida Evropa Kengashining navbatdan tashqari yig`ilishini o`tkazdi, deb xabar qilmoqda Segodnya.ua nashri.

Unda Buyuk Britaniyaning Ittifoqdan chiqishi bo`yicha kelishuvi tasdiqlandi. Kelishuvdan tashqari, Brexit haqidagi hujjatlar paketiga Birlashgan Qirollik hamda Evropa Ittifoqining kelgusidagi munosabatlari belgilab berilgan siyosiy deklarasiya ham kiritilgan. EIning Brexit bo`yicha koordinatori Mishel Barnening aytishicha, Evroittifoq hamda Buyuk Britaniya keyingi muzokaralarni 2019 yilning 30 martidan, ya`ni Britaniyaning EI tarkibidan chiqqandan bir kun o`tib boshlashi mumkin.

    Boshqa yangiliklar