AsosiySiyosat

Saudiya Arabistoni Podshohi Shavkat Mirziyoнyevni o`z yurtiga taklif qildi

'Saudiya Arabistoni Podshohi Shavkat Mirziyoнyevni o`z yurtiga taklif qildi'ning rasmi

25 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ulug`bek Maksudov Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga o`z ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ar-Riyoz shahridagi al-Yamama podshohlik saroyidagi tantanali marosimdan so`ng Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan suhbat bo`lib o`tdi.

Davlat rahbari O`zbekiston Saudiya Arabistoni uchun mintaqadagi do`stona, ishonchli va istiqbolli sherik ekanligini ta`kidladi hamda uning mamlakati Saudiya – O`zbekiston munosabatlarini tomonlarni qiziqtirgan barcha yo`nalishlarda sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Podshoh O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga o`zining chuqur ehtiromini etkazib qo`yishni so`radi va mamlakatimiz rahbarini o`ziga qulay bo`lgan vaqtda Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

    Boshqa yangiliklar