1

Kasilyas EChLdagi g`alabali o`yinlar soni bo`yicha rekordchiga aylandi

Sport 23.10.2014, 11:50
Kasilyas EChLdagi g`alabali o`yinlar soni bo`yicha rekordchiga aylandi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Iker Kasilyas kecha bo`lib o`tgan EChL 3-turidagi "Liverpul"ga qarshi o`yinda o`z jamoasi bilan yirik hisobdagi g`alabasiga erishish bilan birga,  rekord ham o`rnatdi.

Iker Kasilyas "Enfild"da "Liverpul"ga qarshi o`yinda EChLdagi o`zining 85-g`alabasiga erishdi. Eslatib o`tamiz, avvalgi rekord "Barselona" yarim himoyachisi Xaviga tegishli edi - 84ta g`alaba.

Ta`kidlash kerak, Iker Kasilyas shuningdek kecha yana bir shaxsiy rekordini o`rnatdi. 33 yoshli tajribali posbon Evropa Chempionlar Ligasida o`zini 143-uchrashuvida maydonga tushdi va sobiq jamoadoshi Raulning rekordini yangiladi. Ayni damda bu borada Kasilyas "Barselona" sardori Xaviga etib oldi. Xavi hisobida ham EChLda 143ta o`yin bor.

Manba: soccer.ru

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1