O`zbekistonlik rejissyor va ssenariychi Qamara Kamolovaning «Unutma meni» bolalar uchun filmi Germaniyada 13—18 oktyabr kunlari bo`lib o`tgan «Shlingel — 2014» bolalar va o`smirlar xalqaro kinofestivalida «Tomoshabinlar simpatiyasi mukofoti»ni qo`lga kiritdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Ushbu tanlovda Hindiston, Kuba, Eron, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Irlandiya, Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya kabi mamlakatlardan taqdim etilgan o`nlab bolalar filmlari ishtirok etdi.
Kinofestival tanlov dasturi bolalar, o`smirlar, yoshlar uchun filmlar, qisqa metrajli va animasion filmlar kabi yo`nalishlarni o`z ichiga oldi.
Ma`lumot uchun: Qamara Kamolova 1938 yili Buxoro shahrida tug`ilgan. 1982 yilda «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi» unvoniga ega bo`lgan. «Achchiq danak», «O`zganing baxti», «Ertaga chiqasanmi?», «Nabiramiz milisiyada ishlaydi», «Bo`lmagan narsa haqida» kabi filmlar muallifidir.





