AsosiyDunyo

Kanada parlamenti yaqinidagi otishmada yaralangan askar vafot etdi

Kanada parlamenti yaqinida yaralangan askar vafot etdi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru. U Gamilton port shahridan zahiradagi harbiy xizmatchi bo`lgan.

Avvalroq yana ikki kishi otishmalar chog`ida jarohat olgani xabar berilgan edi.

Ottava markazida 22 oktyabr, chorshanba kuni otishmalar uyushtirildi. Hodisalar Birinchi jahon urushida halok bo`lgan kanadaliklarga bag`ishlangan me`moriy yodgorlik yonida hamda parlament tepaligida sodir bo`lgan.

Maxsus operasiyalar davomida bir nafar gumonlanuvchi otib tashlandi. Ma`lumotlarga ko`ra, u Kanadaning islom dinini qabul qilgan fuqarosi Maykl Zehaf-Bibo bo`lgan. Ayni paytda maxsus operasiya davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, ushbu hodisadan bir kun avval  Kanada ichki terrorchilik tahdidi past darajadan o`rta darajaga chiqqanini e`lon qilgan edi.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar