Ukrainada xavfsizlik va mudofaa kengashining tavsiyasiga binoan, mamlakatda bir oy muddat uchun harbiy holat joriy etildi, deya xabar qilmoqda Ria.ru nashri.
Prezident Pyotr Poroshenko ushbu holat haqidagi farmonini imzoladi. Ushbu hujjatga Oliy Rada deputatlari tomonidan ovoz berilgan. Ukraina konstitusiyasiga ko`ra, Milliy xavfsizlik va Mudofaa kengashi harbiy holat kiritish bo`yicha taklif beradi. Shundan so`ng uni prezident qo`llab-quvvatlab, maxsus farmon chiqarishi kerak bo`ladi. Ayni vaqtda Ukraina armiyasi to`liq jangovor shay holatga keltirilgan.






