«Leningrad zooparki»da dunyodagi eng keksa qo`ng`ir ayiq — 35 yoshli Varvara vafot etdi. Bu haqda muassasa o`zining «VKontakte»dagi sahifasida xabar bermoqda.
«Bizda ayanchli hodisa ro`y berdi. Umrining 36 yiliga kelib qo`ng`ir ayiq Varvara bizni tark etdi», — deb ma`lum qildi hayvonot bog`i vakillari.
Varvara aynan ozodlikda saqlanmaydigan qo`ng`ir ayiqlarning eng keksasi edi. «Ayni damda jahon hayvonot bog`larida bizning Varvaradan keksaroq ayiqlar mavjud emas», — deb takidladi «Leningrad hayvonot bog`i» xodimlari.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bunday yosh ayiq uchun rekord darajadagi yashash muddatidir. Chunki yovvoyi tabiatda yirtqichlar odatda 15—20 yil umr ko`radi.
Ekspertlarning ta`kidlashicha, hayvonot bog`idagi shart-sharoitlarda muntazam yaxshi ovqat bilan ta`minlangan va veterinarlar qarovi ostida bo`lgan hayvonlar o`zlarining yovvoyi qarindoshlariga nisbatan ko`proq umr kechiradi.
daryo.uz





