Gruziyada prezident saylovi bo`lib o`tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Saylov komissiyasining taqdim etgan ma`lumotiga ko`ra, mustaqil nomzod Salome Zurabishvili 59,56 % ovoz to`plab g`alabaga erishdi. Natijalar bo`yicha unga eng yaqin kelgan nomzod Grigol Vashadze 40,44% ovoz to`plashga muvaffaq bo`lgan.
Bu Gruziyada bo`lib o`tgan prezident saylovining ikkinchi bosqichi edi. Unda Zurabishvili uchun 1,1 million saylovchilar, Vashadze uchun esa — 780 ming kishi ovoz bergan. Dastlabki hisobga ko`ra, saylovda 56,23% saylovchilar ishtirok etgan.
Gruziyada prezident 6 yil mamlakatni boshqaradi. Bu mamlakatda o`tkazilgan eng so`nggi umumxalq saylovi bo`ladi. Keyingi prezident 300 nafar deputat tomonidan saylanadi.
Yangi prezident inaugurasiyasi 16 dekabr kuni bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun: Zurabishvili 1952 yil 18 martda Fransiyaning Parij shahrida gruziyalik siyosiy emigrantlar oilasida tug`ilgan. 30 yildan ortiq u Fransiya Tashqi ishlar vazirligida faoliyat olib bordi.
yildan 2005 yilgacha Gruziya tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan. 2005 yilning noyabr oyida Zurabishvili "Gruziya yo`li" muxolif partiyasini tuzgan. Besh yil o`tib, 2010 yilda u Gruziya siyosatidan ketishini ma`lum qilgan.
Salome Zurabishvili 2013 yilda ham Gruziya prezidentligiga nomzodini qo`ygan, ammo uning ikkita fuqaroligi bo`lganligi uchun (Fransiya va Gruziya) markaziy saylov komissiyasi uning nomzodini ro`yxatga olmagan.






