AsosiyDunyo

Britaniyalik o`qituvchiga tatuirovkalari tufayli dars o`tish taqiqlab qo`yildi

Buyuk Britaniya shimoli-sharqidagi Xartlpula shahri makatablaridan birining boshlang`ich sinflar o`qituvchisi Sharlotta Tumiltiga tatuirovkalari tufayli birinchi ish kunidayoq dars o`tish taqiqlab qo`yildi, deb xabar bermoqda Metro.

26 yoshli Tumiltining aytishicha, uni uyiga jo`natib, terisiga plastir yopishtirib chiqishni yoki bint bilan o`rashni so`rashgan. Maktab vakillari esa unga dars o`tish taqiqlanmaganini, balki tatuirovkalarni yopib kelish so`ralganini ma`lum qilgan.

Ikki farzandning onasi bo`lgan Sharlotta ushubu hodisadan keyin qo`lidagi taturiovkalarni yopib turadigan uzun engli kiyim sotib olgan. Lekin maktab baribir uning bo`yni va barmoqlaridagi tatuirovkalarga e`tiroz bildirayotganini aytgan.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar