1

ParaOsiyo o`yinlari. Delegasiyamiz hisobi yana bir oltin medalga boyidi

Sport 23.10.2014, 16:06
ParaOsiyo o`yinlari. Delegasiyamiz hisobi yana bir oltin medalga boyidi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan ParaOsiyo o`yinlarida mamlakatimiz sportchilari delegasiyamiz hazinasini oltin medallar bilan boyitishda davom etmoqdalar. 
Engil atletikaning 4x100 metr masofaga yugurish (T11-13) bo`yicha o`tkazilgan musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilgan hamyurtlarimiz Miran Saxadov, Doniyor Soliev, Ulug`bek Choriev va Faxriddin Hamroev to`rtligi eng yuqori natijani (44:25 soniya) qayd etib, ParaOsiyo o`yinlarining 21 oltin medalini delegasiyamiz hisobiga yozib qo`ydilar. Mazkur musobaqada Tailand jamoasi ikkinchi (44:26 soniya), Indoneziyaliklar esa uchinchi (46:66 soniya) o`rinni egallashdi. 
Shu tariqa, engil atletikachilarimiz tomonidan qo`lga kiritilgan medallar soni 12 taga etdi (7 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza). 
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, “ParaOsiyo-2014” o`yinlarining suzish musobaqalarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz Kirill Pankov (4 ta) va Dmitriy Xorlin (3 ta) jami 7 ta oltin medalga sazovor bo`lishgan bo`lsa, dzyudo ustalarimiz jami 9 ta medalni (7 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza) qo`lga kiritdilar. 
Ayni daqiqalarga kelib O`zbekiston delegasiyasi hisobida 21 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali mavjud va hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 41 davlat orasida 5-o`rinda borishyapti.
Eslatib o`tamiz, 2010 yili Guanchjou (Xitoy)da bo`lib o`tgan ParaOsiyo o`yinlarida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo`lishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1