Afg`onistonda oilalar ocharchilikdan qutulish uchun o`z farzandlarini sotishga majbur bo`lishmoqda, deya xabar berdi Day.Az nashri.
Bu haqda Birlashgan Millatlari Tashkilotining Bolalar jamg`armasi bergan so`nggi bayonotida e`lon qildi. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi 4 oy ichida Hirot va Bog`dis viloyatlarida 160 dan ortiq bolalar sotilgan. Hisobotda qayd etilishicha, ushbu hududlarda 80 foiz oilalar qarzdorlikka ega. Ular bolalarini sotish evaziga qarzlaridan va ochlikdan qutulishmoqda. Ayni vaqtda Afg`onistonda 3,5 million odam gumanitar yordamga muhtoj. 2019 yil oxiriga borib esa mamlakatda och bolalar soni 600 mingga etishi taxmin qilinmoqda.






