Indoneziyada o`tgan oyda halokatga uchragan "Lion Air" kompaniyasiga tegishli Boing 737 samolyoti uchuvchining aybi bilan falokatga uchragan bo`lishi mumkin, deb xabar bermoqda NBC News nashri.
Mutaxassislar voqea yuzasidan olib borgan tekshiruvlardan so`ng ushbu xulosaga kelishgan. Denpasara-Jakarta yo`nalishidagi reysda ham muammoga duch kelishgan. Ammo mexanik keyingi parvozlarda bu muammoni bartaraf etmagan.
- Bizning fikrimizcha, uchuvchi nosozlikka qaramay, Jakartadan parvozni davom ettirishga qaror qilgan, deydi Milliy transport xavfsizligi qo`mitasining havo hodisasi bo`limi boshlig`i Nurkaxio Utomo.






