1

O`zbekiston FIFA reytingida 7 pog`ona pastladi

Sport 23.10.2014, 16:09
O`zbekiston FIFA reytingida 7 pog`ona pastladi

Xalqaro futbol uyushmalari federasiyasi – FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallagan reytingidan 7 pog`ona pastlagan holda 65-o`rinni band etdi.

Yangi reytingda O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida Eron (44) va Yaponiya (48)dan keyin uchinchi o`rinni egallab turibdi. MDH, Gruziya va Boltiqbo`yi mamlakatlari orasida esa Ukraina (19) va Rossiya (30)dan keyingi o`rinda bormoqda.

FIFA reytingida Markaziy Osiyoning qolgan terma jamoalari quyidagi o`rinlarni egalladi: Qozog`iston – 132 (-5), Tojikiston – 134 (+2), Turkmaniston – 138 (+3), Qirg`iziston – 150 (+1).

Jahon reytingida amaldagi jahon chempioni – Germaniya peshqadam bo`lib turibdi. Undan keyingi o`rinlarda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o`rin olgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1