AsosiySport

FIFA Messini "Santyago Bernabeu"da taqdirlashni ma`qulladi

FIFA «Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Real»ga qarshi kechadigan uchrashuvda taqdirlanishini ma`qulladi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi agar bu o`yinda ikkita gol ursa, Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to`purarga aylanadi. Shunday bo`lgan taqdirda, o`yin bir muddat to`xtatilib, futbolchi taqdirlanishi mumkin. FIFA bunga qarshi emasligini bildirdi.

«Bu har bir chempionatning ichki ishi hisoblanadi va qaror mamlakat futbol federasiyasi tomonidan chiqariladi. Bu borada hech qanday qoida yo`q», — deyiladi FIFA bayonotida.

Eslatib o`tamiz, bu boradagi qaror Ispaniya futbol federasiyasi va La liga rahbariyatiga bog`liq.

    Boshqa yangiliklar