1

Rustam Qosimjonov Toshkentdagi FIDE Gran-prisining 2-turida mag`lubiyatga uchradi

Sport 23.10.2014, 18:05
Rustam Qosimjonov Toshkentdagi FIDE Gran-prisining 2-turida mag`lubiyatga uchradi

Toshkentda davom etayotgan FIDE Gran-prisining 2-turi doirasida yana bir uchrashuv yakunlandi. Bundan avvalgi durangdan so`ng o`zbekistonlik Rustam Qosimjonov mag`lubiyat alamini totib ko`rdi. Bu haqda «Olamsport» xabar bermoqda.

Qora donalarda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan hisob-kitob qilgan Qosimjonov 36-yurishdan so`ng o`z mag`lubiyatini tan olishdan o`zga chora topa olmadi. 17-jahon chempioni o`zidan 11 yosh kichik shaxmatchiga imkoniyatni boy berdi.

Maksim esa 22 oktyabr kuni o`zining ketma-ket ikkinchi g`alabasini nishonladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1