Afg`oniston rasmiylari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan konferensiya yakuniga etdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Unda Afg`onistondagi notinch vaziyat va uni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida muhokamalar bo`lib o`tgan. Tadbir davomida xorijiy mamlakatlar harbiylarini Afg`onistondan chiqarib yuborish ham ko`rib chiqildi. Uchrashuv ishtirokchilari mamlakatda tinchlik o`rnatilishi uchun yordam ko`rsatishni va`da qilishgan.






