AsosiySport

Infantino "Lokomotiv"ni chempionlik bilan tabrikladi

'Infantino "Lokomotiv"ni chempionlik bilan tabrikladi'ning rasmi

FIFA prezidenti Janni Infantino Toshkentning "Lokomotiv" klubini O`zbekiston chempionligini qo`lga kiritgani bilan tabriklab, maktub yubordi.

Maktubda, jumladan, shunday deyiladi:

"Toshkentning PFK "Lokomotiv" klubi ketma-ket uchinchi marta mamlakat chempionligini qo`lga kiritgani munosabati bilan o`z tabrigimni yo`llashdan benihoya mamnunman.

Mazkur chempionlikka o`z hissasini qo`shgan, katta hajmdagi mehnatni amalga oshirgan klubning barcha xodimlarini ham yuksak natija bilan tabriklab qolaman.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtingizda futbol rivoji uchun amalga oshirilayotgan ko`plab islohotlar, chora-tadbirlar va sa`y-harakatlar futbol jamoatchiligini xursand qilmoqda.

Mazkur islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!"

Janni Infantino, FIFA prezidenti.

    Boshqa yangiliklar