Indoneziya ikkinchi divizionining «Persis» va «Martapura» jamoalari o`rtasida Solo shahrida bo`lib o`tgan o`yin vaqtida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida bir muxlis nobud bo`ldi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
O`yin oxirida hisob 1:1 ko`rinishida bo`lgan bir paytda muxlislar maydonga tushib ketgan. Ular yon hakamlardan biriga buyumlar otilishi sababli bosh hakamning o`yinni to`xtatish to`g`risidagi qaroridan norozi bo`lgan. Tartibsizlik stadion tashqarisiga ham chiqib, muxlislar polisiya motosiklini yoqib yuborgan, bir necha avtomobil va avtobuslarga zarar etkazgan.
To`qnashuvlardan so`ng polisiya ko`kragidan jarohat olgan jasadni topgan. O`lim sabablari hozircha noma`lum bo`lib qolmoqda. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish organlarining sakkiz vakili va olti fuqaro jarohatlangan.
daryo.uz





