1

UEFA Serbiyani bo`sh tribunalar bilan jazolaydi

Sport 24.10.2014, 09:51
UEFA Serbiyani bo`sh tribunalar bilan jazolaydi

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi UEFA bugun Evropa-2016 chempionati saralash bahslari doirasida Serbiya va Albaniya o`rtasidagi uchrashuvni neytral maydonda qayta o`tkazish haqidagi qarorini e`lon qiladi. Bu haqda mahalliy OAV ishonchli manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Shuningdek, Serbiya terma jamoasi Evro-2016 saralash bosqichida uy uchrashuvlarida bo`sh tribunalar qarshisida o`ynash bilan ham jazolanadi.

14 oktyabr kuni “Partizan” futbol maydonida bo`lib o`tgan I guruhi uchrashuvining birinchi bo`limi oxirida maydon uzra uchuvchisiz samolet paydo bo`ldi. Unga osilgan bannerda Albaniya siyosatchilari suratlari tushirilgan edi. Serb jamoasi himoyachisi bannerni yirtib tashladi va bundan alban o`yinchilarining jahli chiqdi.

Natijada maydonda tartibsizliklar boshlandi. Janjalda terma jamoaning boshqa o`yinchilari va hattoki tomoshabinlar ham ishtirok etishdi. Avvaliga, o`yin vaqtinchalik to`xtatilgan edi, keyin esa angliyalik arbitr Martin Atkinson o`yinni davom ettirmaslik qaroriga keldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1