O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 6 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tgan norasmiy majlisida ishtirok etdi.
MDH norasmiy sammiti doirasida Prezidentimiz qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama suhbatlar o`tkazdi. Ularda 2018 yilda samarali sheriklikning asosiy yakunlari va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo`nalishlari muhokama qilindi.
Shu bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi yakuniga etdi.






