1

Legionerlar: Jeparov va Haydarovdan gol, Ahmedovdan golli uzatma

Sport 27.10.2014, 11:52
Legionerlar: Jeparov va Haydarovdan gol, Ahmedovdan golli uzatma

O`tgan dam olish kunlari xorijda to`p surayotgan bir qator o`zbekistonlik futbolchilar o`z jamoalari safida maydonga tushishdi.
ROSSIYa
«Krasnodar» klubi sharafini himoya qilayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov, 23 oktyabr kuni Evropa Ligasi guruh bosqichi, 3-turi doirasida o`z maydonid «Volfsburg» klubiga qarshi maydonga tushdi. O`yinda to`liq 90 daqiqa harakat qilgan Ahmedov jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi. O`yinda Krasnodar o`z 2:4 hisobida mag`lubiyatga uchradi.
Moskvaning «Lokomotiv» klubi a`zosi Vitaliy Denisov mazkur turda safarda «temiryo`lchilar» safida «Spartak» klubiga qarshi Moskva derbisida maydonga tushdi. O`zbekistonlik himoyachi uchrashuvda to`liq 90 daqiqa o`ynadi. O`yin esa, 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi.
Premr-Liga debyutanti - «UFA» klubi safida o`ynayotgan o`zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin, mazkur turda o`z maydonida chempionat peshqadamlaridan biri Moskvaning SSKA klubiga qarshi o`yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Galiulin mazkur uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi. O`yin esa 3:3 hisobidag jangovar durang bilan tugadi.
JANUBIY KOREYa
26 oktyabr kuni Janubiy Koreya K-Ligasida 33-tur bahslari bo`lib o`tdi. «Seongnam» klubida o`ynayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov mazkur turda o`z maydonida «Ulsan» klubiga qarshi maydonga tushdi. O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori mazkur uchrashuvda ham o`z hisobiga gol yozib qo`ydi, ammo uning jamoasi yakunda o`z davrozasidan ikkita gol o`tkazib mag`ulbiyatga uchradi. Jeparov o`yinning 57-daqiqasida raqib darvozasini penaltidan ishg`ol etgan. O`yin 3:4 hisobida Seongnam klubining mag`lubiyati bilan yakunlandi.
BAA
23 oktyabr kuni BAA Pro-Ligasida 6-tur o`yinlariga start berildi. Dubayning «Ash Shabob» klubida to`p surayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz Haydarov mazkur turda o`z jamoasi safida safarda «Al Sharja» klubiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushib o`z goli bilan jamoasining g`alabasiga hissa qo`shdi. Haydarov uchrashuvning 90-daqiqasida raqib darvozasiga gol urib yakuniy hisobni o`rnatdi. O`yin 4:2 hisobida «Ash Shabob» g`alabasi bilan yakuniga etgan.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1