AsosiySiyosat

Prezident qishloq xo`jaligi xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi

'Prezident qishloq xo`jaligi xodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yil 8 dekabr kuni «Qishloq xo`jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo`shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to`g`risida»gi farmonni imzoladi.

Ko`p yillik fidokorona mehnati bilan mamlakatimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yanada mustahkamlash, qishloq xo`jaligi sohasi rivojini yangi bosqichga ko`tarish va uni kompleks modernizasiya qilish, sohaga innovasion texnologiyalar, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini, klaster tizimini keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash, barcha turdagi qishloq xo`jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirib, el-yurt farovonligini yuksaltirish, dasturxonlarimiz to`kinligini ta`minlashga qo`shgan munosib hissasi, agrar sektorda islohotlarni, davlat dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan qishloq xo`jaligi xodimi»

Inamova Sanobat Axmatovna - Chust tumanidagi «Sanamjon Sanobar» fermer xo`jaligi boshlig`i, Namangan viloyati

Ummatov Shavkat Tursunovich - Oqoltin tumanidagi «Ulug`bek» fermer xo`jaligi boshlig`i, Sirdaryo viloyati

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan irrigator»

Xujaev Xolbek Rizaevich - «Narpaydavsuvmaxsuspudrat» davlat unitar korxonasi ekskavator mashinisti, Samarqand viloyati

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan chorvador»

Xujanov Jaksimurat Kalenovich - Konimex tumanidagi «Qushquduq-Do`stlik-Kumush-suri» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh cho`poni, Navoiy viloyati

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Noviskiy Zinoviy Bogdanovich - O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi huzuridagi o`rmon xo`jaligi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Normuradov Xolmamat - Termiz tumanidagi «Termiz parrandachilik fabrikasi» mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi, Surxondaryo viloyati

Payziev Rustam - G`ijduvon tumanidagi «Fayz» fermer xo`jaligi boshlig`i, Buxoro viloyati

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abzalov Miradxam Fuzailovich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi genetika va o`simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri

Aminov Davlatboy Xajievich - Xonqa tumanidagi «FEEDGRAN» mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi, Xorazm viloyati

Axmedov Alijon - Qo`rg`ontepa tumanidagi «Oq-suv» fermer xo`jaligi boshlig`i, Andijon viloyati

Begmatov Baxodir Safarovich - Guliston tumanidagi «Orol ne`matlari» fermer xo`jaligi boshlig`i, Sirdaryo viloyati

Boqiev Odil Sodiqovich - «Romitandavsuvmaxsuspudrat» davlat unitar korxonasi ekskavator mashinisti, Buxoro viloyati

Jalilova Mavluda Ismatovna - Karmana tumanidagi «Aliqul-Qahramon davomchisi» fermer xo`jaligi mexanizatori, Navoiy viloyati

Majidov Axmat Najmiddinovich - Oltinsoy tumanidagi «Yangi turmush» fermer xo`jaligi boshlig`i, Surxondaryo viloyati

Matyakubov Iskandar - Ellikqal`a tumanidagi shaxsiy tomorqa er egasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Usmanov Aktam Suvanovich - «Zarafshon» irrigasiya tizimlari havza boshqarmasining «Miankal Tos» irrigasiya tizimi bo`limi boshlig`i, Samarqand viloyati

Xalikulov Zair Ibragimovich - Arnasoy tumanidagi «MTT SEA FOOD» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Xatamov Abduvali - Bekobod tumani veterinariya bo`limi katta veterinari, Toshkent viloyati

Xojiaxmedov Mamasabir - Rishton tumanidagi «Straus Farm» qo`shma korxonasi ta`sischisi, Farg`ona viloyati

Xolyorov Ibrogim Tuychievich - Qarshi tumanidagi «Baxt» fermer xo`jaligi boshlig`i, Qashqadaryo viloyati

Xudayberdieva Omina Inamovna - Mingbuloq tumanidagi «Mulkobod orzular diyori» fermer xo`jaligi ishchisi, Namangan viloyati

«Do`stlik» ordeni bilan

Abdillaev Tulegen - Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti qishloq xo`jalik mashinalari kafedrasi dosenti

Bezborodov German Aleksandrovich - Paxta seleksiyasi, urug`chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti etakchi ilmiy xodimi

Jiyanov Saidmurod Sotiboldievich - «Quyi Sirdaryo» irrigasiya tizimlari havza boshqarmasining Sardoba tumani irrigasiya bo`limi bosh gidrotexnigi, Sirdaryo viloyati

Jonabilov Mahmudjon Payzullaevich - «Paxtakor agroservis MTP» mas`uliyati cheklangan jamiyati kombaynchisi, Jizzax viloyati

Kurbaniyazov Murat Kojametovich - Qoraqalpog`iston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi agrotadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i

Kuchkarov Jumabay - Toshkent davlat agrar universiteti dehqonchilik va meliorasiya kafedrasi dosenti

Muxamadiev Umit Gayratovich - Farg`ona tumanidagi «Vodil ipak yigiruv» sho``ba korxonasi direktori o`rinbosari, Farg`ona viloyati

Nasibullina Farida Rafikovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi «Oltinko`z durdonasi» mas`uliyati cheklangan jamiyati biolaboratoriya mudiri, Toshkent viloyati

Ollaberganov Ollabergan Rajabovich - Xiva tumanidagi shaxsiy tomorqa er egasi, Xorazm viloyati

Raximov Kaxramon Baymatovich - Qashqadaryo viloyati asalarichilar uyushmasi a`zosi

Saidov Yusup Mamatovich - «Amu-Surxon» irrigasiya tizimlari havza boshqarmasining Uzun tumani irrigasiya bo`limi boshlig`i, Surxondaryo viloyati

Salimova Nazakat Astanovna - Olot tumanidagi «Xidir bobo» fermer xo`jaligi pillachisi, Buxoro viloyati

Sulaymanov Abdumutalib Kuchkarovich - Andijon viloyati qishloq xo`jaligi boshqarmasi meva-sabzavotchilik, uzumchilik va kartoshkachilik bo`limi boshlig`i

Xalimov Komildjon Rashidovich - Samarqand tumanidagi «Oq amur baliqlari» fermer xo`jaligi boshlig`i, Samarqand viloyati

Xasanov Sodikjon Dexkonbaevich - Chust tumanidagi «Baraka meva sanoat servis» mas`uliyati cheklangan jamiyati raisi, Namangan viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Babaev Babojon Xajievich - Urganch tumanidagi «Xorazm quyon savdo» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Babaxanov Baxridin Sulaymanovich - Qumqo`rg`on tumani veterinariya bo`limi uchastka boshlig`i, Surxondaryo viloyati

Djumanazarov Alisher Rustamovich - Nukus tumanidagi «Nukus Agro Impex» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Karamova Tamara Asenovna - Kegeyli tumanidagi «Bo`zatov» davlat o`rmon xo`jaligi o`rmonbegici, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Kimsanov Xasanboy Buriboevich - Jalaquduq tumanidagi «Al-Hasanboy bek bog`i» fermer xo`jaligi boshlig`i, Andijon viloyati

Kuvatov Kamardin Tadjidinovich - Andijon shahridagi «Sapfir sanoat» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Kuchkarova Sharafat Rayimovna - G`allaorol tumanidagi «G`allaorol agro pilla» mas`uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Jizzax viloyati

Norova Shoira Muxtorovna - Qorako`l tumanidagi «Ergash Raximov Plyus» fermer xo`jaligi ishchisi, Buxoro viloyati

Orzikulov Kenjabay Nazarovich - Baxmal tumanidagi «Bakhmal Fruit Growing» fermer xo`jaligi boshlig`i, Jizzax viloyati

Otadjanov Kurban Xasanovich - Oltiariq tumanidagi «Shohimardon» fermer xo`jaligi boshlig`i, Farg`ona viloyati

Rizoqulov Xusniddin Salimtoshevich - Xatirchi tumanidagi «Umid-27» fermer xo`jaligi boshlig`i, Navoiy viloyati

Rixsieva Gulnora Mirolimovna - Parkent tumanidagi «Zamona Ra`no» mas`uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori, Toshkent viloyati

Ro`ziboev Xamid Abdusamadovich - Urgut tumanidagi «Ro`ziboev Xomid» fermer xo`jaligi boshlig`i, Samarqand viloyati

Saydaxmetov Olimxo`ja Xamitovich - Chinoz tumanidagi «Saidaxmedov Xamid» fermer xo`jaligi boshlig`i, Toshkent viloyati

Tashmatov Abdirashit Tulabaevich - Mirishkor tumanidagi «Tojikiston» suv iste`molchilar uyushmasi suvchisi, Qashqadaryo viloyati

O`dakov Umrbek Shomuratovich - «Bog`ot agro MTP» mas`uliyati cheklangan jamiyati mexanizatori, Xorazm viloyati

Haqberdiev Sodiq Sayfiddinovich - Narpay tumanidagi «Paxtakor» fermer xo`jaligi boshlig`i, Samarqand viloyati

Xodjaev Nosir Kosimovich - Namangan shahridagi «Shifo» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori o`rinbosari, Namangan viloyati

Xoshimov Sherxon - Buvayda tumanidagi shaxsiy tomorqa er egasi, Farg`ona viloyati

Sharipov Kabil Kamiddinovich - Kitob tumanidagi «Sharipov Qobil Komiddinovich» fermer xo`jaligi boshlig`i, Qashqadaryo viloyati

Eshanqulov Baxtiyor Abdullaevich - Mirzaobod tumanidagi «Bek klaster» mas`uliyati cheklangan jamiyati suvchisi, Sirdaryo viloyati.

    Boshqa yangiliklar