1

To`rt yildan buyon Ruslanni engadigan polvon yo`q

Sport 27.10.2014, 13:20
To`rt yildan buyon Ruslanni engadigan polvon yo`q

Vladikavkazda (Rossiya) o`tkazilgan kurash bo`yicha nufuzli musobaqa yakunlandi.

Turnirda 65 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan erkin kurash bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Ruslan Pliev hal qiluvchi bahsda dog`istonlik Rustam Ahmedovni mag`lub etib, mazkur turnirda ketma-ket to`rtinchi bor oltin medalga ega chiqdi.

Ayni vaqtda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida uch karra olimpiada chempioni Buvaysar Saytiev mukofoti uchun yoshlar o`rtasida turnir ham o`z nihyasiga etdi. Unda ishtirok etgan hamyurtlarmiz 2 ta kumush va 4 bronza medallarini qo`lga kiritishdi.

Kumush medallarga Serik Bakitjanov (100 kg.) va Hasan Rahimov egalik qilgan bo`lsa, Muhammadali Obijonov (42 kg), Rustam Jo`raev (46 kg), Sherzod Shamsutdinov (46 kg) va Hasanboy Rahimov (100 kg) bronza medallari bilan taqdirlandi.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1