1

JARda bosqinchilar terma jamoa posbonini o`ldirib ketishdi

Sport 27.10.2014, 14:07
JARda bosqinchilar terma jamoa posbonini o`ldirib ketishdi

Janubiy Afrika futbol bo`yicha terma jamoasi darvozaboni va sardori Senzo Meyiva bosqinchilardan do`stini himoya qilaman deb halok bo`lgan. 27 yoshli Meyiva noma`lum shaxslar tomonidan Yoxannesburgdan uzoq bo`lmagan joyda otib ketilgan. Sportchini kasalxonaga etkazishgan, biroq u hayotdan ko`z yumgan.

Fojea futbolchining do`sti aktrisa va qo`shiqchi Kelli Kxumaloning uyida sodir bo`lgan. "Ikki erkak uyga bostirib kiradi va mobil telefonlarni, pul va boshqa qimmatbaho narsalarni so`raydi. Senzo bosqinchilardan biri qurol o`qtalgan Kellini himoya qilishga uringan”, deydi polisiya vakili.

Bosqinchilar uch kishi bo`lgan, ikki nafari uyga kirgan va biri ko`chada kutib turgan.

JAR huquq-tartibot idoralari qotillarni topishda yordam ko`rsatgan uchun mukofot e`lon qilgan. Mukofot miqdori taxminan 13 ming dolllarni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1