1

Dastlabki bahsdayoq mag`lub bo`ldik

Sport 27.10.2014, 14:37
Dastlabki bahsdayoq mag`lub bo`ldik
AQShning Mayami shahrida dzyudo bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati yakuniga etdi. Bellashuvlarning so`nggi kunida terma jamoalar o`rtasida dunyo birinchiligining g`olib va sovrindorlari aniqlandi. 
"A" guruhidan o`rin olgan terma jamoamiz dastlabki bahsda gruziyalik raqiblariga qarshi tatamiga chiqishdi va imkoniyatni boy berishdi. Gruzinlar chorak finalda Avstriya terma jamoasiga ham hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yarim finalda Rossiya terma jamoasini ham dog`da qoldigan holda final yo`llanmasiga ega chiqishdi. 
Final bahsining ikkinchi ishtirokchisi esa dzyudo vatani polvonlari, Yaponiya terma jamoasi bo`ldi. Murosasiz kurashlarga boy bo`lgan bellashuvda kunchiqar yurt vakillarining qo`li baland keldi. Bronza medallari esa Rossiya va Janubiy Koreya terma jamoasiga nasib etdi.
sports.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1