AsosiySiyosat

Bugun Senatda qanday masalalar ko`riladi?

'Bugun Senatda qanday masalalar ko`riladi?'ning rasmi

Bugun – 2018 yil 13 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining o`n ettinchi yalpi majlisi o`z ishini boshlaydi.

Majlisda 28 masala ko`rib chiqiladi.

Ko`rib chiqiladigan masalalar ichida “O`zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg`armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari to`g`risida”gi, O`zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti xarajatlariga o`zgartishlar kiritishga oid masala hamda 17 qonun bor.

O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to`g`risidagi axboroti, O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo`yicha faoliyati to`g`risidagi axboroti, Farg`ona viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta`minlash masalalari bo`yicha Parlament komissiyasi raisining Komissiya faoliyati to`g`risidagi axboroti eshitiladi.

2019 yilda ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini tashkil etish dasturi to`g`risida, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovga kontrakt bo`yicha harbiy xizmatga kirish va uni o`tashga oid qonun hujjatlari ijrosi holati va bu sohadagi huquqni qo`llash amaliyoti yuzasidan parlament so`rovi yuborish to`g`risida, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari A.Abduhakimovga imkoniyati cheklangan yoshlarning ta`lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan parlament so`rovi yuborish to`g`risida, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlashga oid masalalar ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar