Bayramni sovg`a–salomlar bilan qarshi olishni istasangiz, bayram aksiyasida ishtirok eting.
Shartlarimiz juda oson: «Sug‘diyona» mehmoni tomonidan berilgan uchta savolga javob bering. To`g`ri javoblarni kupon-anketasiga yozib, tagida ism–sharifingizni ko`rsating va suratga olib + 99897 758-01-53 telegram raqamiga yuboring.
Gazetada taqdim etilgan savollarga to`g`ri javob yo`llagan birinchi 10 nafar mushtariy quyidagi esdalik sovg`alariga ega bo`lishadi.
- Yangi yil dasturxoni uchun mo`ljallangan 300 ming so`mlik vaucher.
- Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazidan 300 so`mlik vaucher.
- Professional kosmetolog Dilnoza Ahmedovadan 250 ming so`mlik kosmetologik muolajalar.
- «Sug‘diyona» gazetasi uchun 1 yillik bepul obuna.
- «Miss nisa» liboslar do`konidan 150 ming so`mlik vaucher.
- «Zamona Ra`no» kompaniyasidan fito-jamlanma va firma belgisi tushirilgan maxsus sovg`alar.
- «OXYMED» dori vositalari kompaniyasidan chegirmalar kartasi va kosmetika vositalari.
- «Poytaxt» san`at saroylarida taqdim etiladigan konsert dasturlaridan biri uchun 2 kishilik chipta.
- «Art Festa»oqshom va kelin liboslari salonidan esdalik sovg`a: dazmol.
- «Floral» kompaniyasidan kosmetika to`plami.
G`oliblar yuqorida ko`rsatilgan telegram manzili orqali yuborilgan to`g`ri javoblarning vaqtiga qarab aniqlanadi. Aksiyada, albatta, ishtirok eting.
G`oliblar bir haftadan so`ng — gazetaning keyingi 27 dekabr, 52-sonida e`lon qilinadi.
Yangi yil aksiyasi 20 dekabrdan 3 yanvargacha davom etadi.