AsosiyIqtisodiyot

Endi UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali to`ldirish imkoniyati yaratildi

'Endi UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali to`ldirish imkoniyati yaratildi'ning rasmi

Endi Uzcard karta eagalarida o`z plastik kartalarining hisobini pul mablag`i bilan to`ldirish uchun unga xizmat ko`rsatayotgan bankga borish ehtiyoji qolmadi, deya xabar bermoqda Yagona umumrespublika prosessing markazi.

Tashkilot ayni vaqtda cash-in funksiyalarini qo`llab-quvvatlovchi yangi bankomatlarni taqdim etgan bo`lib, NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartani mustaqil ravishda naqd pul mablag`i bilan to`ldirish imkoni yaratilgan.

Bunga qadar bankomatlar cash-out funksiyasi orqali faqat naqd pulni echib olishi mumkin edi. Endilikda mazkur bankomatlarga naqd pul tashlash orqali plastik karta hisobini to`ldirish mumkin bo`ladi.

Hozirgi vaqtda bunday funksiyadagi Agrobank, Xalq banki, Ravnaq-bank, KDB, Hi-Tech bank bankomatlari xizmat ko`rsatmoqda.

    Boshqa yangiliklar