AsosiyIqtisodiyot

2019 yilda 112 trln. 251 mlrd. so`mlik kapital kiritiladi

'2019 yilda 112 trln. 251 mlrd. so`mlik kapital kiritiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo`ljallangan Investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, o`zida 2019 yilda kapital qo`yilmalarning asosiy parametrlari, 2019 yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob`ektlarini ishga tushirish prognozi hamda 2019 yilda ob`ektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturini nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo`ljallangan Investisiya dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dastur doirasida jami 112 trln. 251 mlrd. so`mlik kapital kiritilishi, xususan, shundan ta`lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga 4 trln. 43 mlrd. so`m, ichimlik suvi ta`minotini yaxshilashga 1 trln. 101 mlrd. so`m, avtomobil yo`llari uchun 1 trln. 961 mlrd. so`m, erlarning meliorativ ahvolini yaxshilashga 353 mlrd. so`m va Orolbo`yi hududini rivojlanishiga 243 mlrd. so`m kapital kiritilishi hamda 34 trln. 213 mlrd. so`mlik to`g`ridan to`g`ri va 22 trln. 278 mlrd. so`mlik davlat kafolati asosidagi xorijiy investisiya va kreditlar ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, qaror bilan alohida O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019 yilda ob`ektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi hamda markazlashtirilgan investisiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 14 va markazlashtirilmagan investisiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan 2 ta manzilli dastur ham tasdiqlandi.

Shu bilan birga, qarorga asosan quyidagi ro`yxatlar ma`qullandi:

• 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investisiya loyihalari ro`yxati;

• 2019 yilda ko`rib chiqiladigan istiqbolli investisiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro`yxati;

• 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob`ektlar ro`yxati;

• 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investisiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob`ektlari ro`yxati.

Qurilish hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish jarayonlariga tegishli vakolatga ega bo`lmagan shaxslarning aralashuviga yo`l qo`yilmaydi.

    Boshqa yangiliklar