AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi

'Shavkat Mirziyoev profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi 'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo`limiga tashrif davomida yangi mutaxassislar - psixolog, voyaga etmaganlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo`yicha profilaktika inspektorlari bilan suhbatlashdi.

– Xalq bilan ishlaydigan xodimlar psixologiyani chuqur bilishi, odamlarga ko`mak, mehr berishi kerak. Jinoyatga qo`l urgan yoshlar, xotin-qizlarning avvalo muammolarini o`rganish, maishiy muammolari bo`lsa, mas`ul tashkilotlar orqali yordam berish, ruhan qo`llab-quvvatlash zarur. Shundagina ularning dunyoqarashi o`zgaradi, natija bo`ladi, – dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoev mazkur ichki ishlar bo`limidagi pasport xizmati xonasida bo`lib, biometrik pasportlarni rasmiylashtirish jarayonini kuzatdi. Jahon standartlari asosida tashkil etilgan tergov xonasini ko`zdan kechirdi.

    Boshqa yangiliklar