AQShda ota-onasi o`ldirilib ketilgandan so`ng bedarak yo`qolgan qiz topildi

Dunyo 11.01.2019, 17:08
AQShda ota-onasi o`ldirilib ketilgandan so`ng bedarak yo`qolgan qiz topildi

AQShning Viskonsin shtatida bundan uch oy oldin ota-onasi o`ldirilib ketilgandan so`ng bedarak yo`qolgan 13 yoshli qiz topildi. Bu haqda NBC telekanali xabar qildi.

Qizning ota-onasini 15 oktyabr kuni Barron shahridagi uylarida otib tashlangan holda topishadi. Qizning o`zi izsiz yo`qoladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ ma`lumotlariga ko`ra, 10 yanvar kuni qiz Duglas okrugida, o`z uyidan 100 kilometr narida sog`lom topilgan.

Xuddi o`sha kuni polisiya tergov doirasida bir kishini hibsga olgan. Qo`lga olingan shaxsning nimada gumon qilinayotgani hozircha ma`lum emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1