AsosiySiyosat

Samarqand viloyatining hokimi tasdiqlandi

'Samarqand viloyatining hokimi tasdiqlandi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning tavsiyasi Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Erkinjon Turdimov Samarqand viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbari viloyat rahbarlari va faollari oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

- Viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investisiya jarayonini faollashtirib, yangi korxonalar qurish va ish o`rinlarini ko`paytirish eng muhim va ustuvor yo`nalish hisoblanadi. O`tgan yili viloyatda 448 ta ob`ekt ishga tushirilib, 8 ming 700 dan ortiq ish o`rni yaratilgan. Lekin Samarqanddek katta salohiyatga ega hudud uchun bu etarli emas, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu maqsadda 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan 968 ta investisiya loyihasi shakllantirilgani, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda yirik sanoat korxonalari tashkil etilishi ma`lum qilindi.

Samarqandning turizm salohiyatidan foydalanish, qishloq xo`jaligini diversifikasiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar