Bugun Payariqda ham xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi chaqirildi.
Unda tashkiliy masala ko`rildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi.
Abdumo`min Jo`raev o`z arizasiga ko`ra, Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Toyloq tumani hokimining birinchi o`rinbosari vazifasida faoliyat ko`rsatgan Musinov Dilshod Sultanovich Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Bu Prezident Sh.Mirziyoevning 11 yanvar kuni viloyatga tashrifidan so`ng ikkinchi tuman hokimining o`zgarishidir. 12 yanvar kuni Pastdarg`om tumaniga ham yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergan edik.