E`tibor markazida bo`lasiz! (23 iyul – 23 avgust)
Umumiy bashorat
“Asad”lar 2019 yil nafaqat yaqinlari va do`stlari, balki yangi tanishlar e`tibor markazida bo`ladi. “To`ng`iz yili”da aksariyat insonlarni rahbarlik lavozimi kutmoqda. 2019 yilda ish rejalaringizni aniq rejalashtirishga va qolgan vaqtingizni yaqinlaringiz davrasida o`tkazishga harakat qiling. Tez-tez dam olib turishni ham unutmang. Ish faoliyatini boshqa shaharda olib borish omad olib keladi.
Oila qurishga ulgurmaganlar, nihoyat, yangi yilda baxtini topadi. Demak, “Asad”lar yil boshidanoq to`yga harakatlarini boshlashi kerak.
“It yili”ni shodu xurramlikda o`tkazgan “Asad”lar, “To`ng`iz yili”da boshqalarga emas, o`z kuchlariga tayanib ish ko`rishlari kerak.
2019 yilda boshingizdagi “toj”ni echib, boshqalarga past nazar bilan qarashni bas qilishingiz tavsiya etiladi. Ana shundagina ishlaringiz o`ngidan kelishiga shubha yo`q.
Fevral oyida qolib ketgan ishlarni va muammolarni hal etish bilan band bo`lasiz. Shuningdek, hamkorlar bilan munosabatlarni tiklashga ham vaqt toping.
Xizmat joyingizda jamoa bilan munosabatlar qil ustida turadi. Shuning uchun boshliqlar nazariga tushgan xodimlardan o`rnak olishga to`g`ri keladi. Aks holda, ishlaringiz yuqoriga emas, pastga sho`ng`ishi mumkin.
O`z iqtidoringizni ijodiy sohada ham namoyon qiling. “To`ng`iz yili”da turli sohalarda, jumladan, san`at, siyosat, ta`lim va savdo-sotiqda omadingiz kuladi.
Bahor — muhabbat pallasi. Sevgi sizni ham nishonga olishi mumkin. Biroq ortiqcha rashk va o`ziga ishonish bu borada omadsizlikka ham olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Agar juftingizni qo`ldan boy bermasangiz, yoz fasli to`y o`tkazish uchun eng qulay fursatdir. Faqat to`y marosimini dabdabali o`tkazishga hojat yo`q. Yulduzlar kamtarona va ortiqcha xarajatlarsiz tashkillashtirishni maslahat berishmoqda.
Oilali “Asad”lar uchun 2019 yil ehtiroslarga boy bo`ladi. Biroq qarindoshlar bilan tez-tez muammolar yuzaga kelib turadi. Agar hali farzand ko`rmagan bo`lsa “To`ng`iz yili”da avlodingiz davomchisi haqida o`ylab ko`rishga to`g`ri keladi. Yozda maishiy muammolar ham yuzaga keladi.
Ha, aytgancha, “To`ng`iz yili”da o`z garderobingizni ham o`zgartiring. Yangi uslubdagi kiyimlar va soch turmagi har jabhada asqatadi.
Yulduzlar 2019 yilda ko`proq ochiq havoda sayr qilishni va tabiat qo`ynida dam olishni maslahat bermoqda.
Kuzga kelib qattiq toliqasiz. Axir yarim yil davomida tinimsiz ishladingiz. Agar imkoni bo`lsa, ta`tilga chiqing va sayohatga otlaning. Qaerga borishni o`zingiz tanlang. Eng asosiysi, issiqroq mamlakat bo`lsin.
Mehnatlaringiz samarasini beradi. Yil yakunida bajargan ishlaringizdan ko`nglingiz shod bo`lishi kutilmoqda.
ShAXSIY HAYoT
Hali oila qurmaganlar sevgi-muhabbat borasida jiddiy yondashib, o`ziga mos umr yo`ldoshni topishi kerak. Bu borada yulduzlar kishilarning tashqi ko`rinishiga emas, balki ularning bilimi va tarbiyasiga ahamiyat qaratishni maslahat berishmoqda.
Oila siz uchun juda qadrli, buni bilamiz. Shuning uchun yulduzlar oilali burj egalari bola tarbiyasiga, oiladagi muhitni yaxshilashga ko`proq e`tibor berishlari kerakligi haqida ogohlantirishmoqda.
“To`ng`iz yili”da turmushida juda katta o`zgarishlar kutilmoqda. Farzand dunyoga kelishi, yangi uyga ko`chish, uyni ta`mirlash, yangi maishiy texnika xarid qilish... Shunga yarasha ishlab katta daromadga ega bo`lishingiz kutilmoqda. Kredit olish haqida o`ylab yurganlar esa 2019 yilda buni unutishlari kerak. O`z kuchingizga ishonganingiz sizga ko`proq omad keltiradi.
SALOMATLIK
2019 yilda salomatlik izdan chiqadi. Gastrit, apatiya, ruhiy zo`riqishlar va shamollash sizga xavf solishi mumkin. Agar sog`lig`ingizni o`z vaqtida nazorat qilib yursangiz, kasalliklar jiddiy asoratlarga olib kelmaydi.
Ovqatlanish tartibiga e`tibor bering. Taomnomangiz vitaminga boy bo`lishi muhim. Uqalash muolajalari va nafas olish mashqlari ham salomatligingizni yaxshilaydi.Qish mavsumida tomog`ingizni asrashga harakat qiling. Chunki 2019 yil angina va bronxit bilan og`rib qolish xavfi bor.
KARERA
Agar “Asad”lar “To`ng`iz yili”da yaxshigina daromadga ega bo`lishni istasalar, shaxsiy biznesni yo`lga qo`yishlariga to`g`ri keladi. Yulduzlar biror mahsulotga pul tikib, foydasini ortig`i bilan olishingizni bashorat qilishmoqda.
Xarid borasida tejamkorroq va kamtarroq bo`ling. Boylik ham bir sinov. Ushbu sinovdan yaxshi o`tish o`z qo`lingizda. Topgan pullaringizni aql bilan sarflashga, bir qismini jamg`arib qo`yishga o`rganish foydadan xoli emas. Xayrli ishlarga ko`proq bosh qo`shing. Saxovatpesha kishilarga omad doim kulib boqqan. Ishoning qilgan yaxshiliklaringiz o`zingizga, albatta, qaytadi.
Qo`shimcha ish bilan shug`ullangan “Asad”lar dekabr oyida avtomashinaga yoki yangi uy-joyga ega bo`lishlari mumkin.
AYoL "ASAD"LAR
Yanvar oyidan iyulga qadar ayol “Asad”larni biroz noxush kayfiyat chulg`ab oladi. Chunki ish yuzasidan bir qancha muammolarni hal etishga to`g`ri keladi. Nima bo`lganda ham hamkasblaringiz va rahbariyat bilan iliq munosabatlarni saqlab qoling. Asabbuzarliklar salomatligingizga ham ta`sir qiladi. Ish sizni shu darajada qattiq toliqtirib qo`yadiki, keyin salomatligingizni tiklashga uzoq vaqt talab qilinishi mumkin. Oshqozon-ichak kasalliklari bilan og`rish xavfi ham bor. Shuning uchun o`z vaqtida uxlash va yaxshi ovqatlanish bu yilgi asosiy talabdir.
Iyul oyida xizmatda ko`plab muvaffaqiyatlarga erishasiz. Kuzda esa doimo shug`ullanib kelgan ishingiz sermahsul bo`lib, barcha amalga oshirgan loyihalaringiz daromad olib keladi. Xizmat joyingizda o`sish kuzatiladi.
Oilali ayol “Asad”larning oilasida quvonchli damlar ko`p bo`ladi. Bu asosan oktyabr oyidan dekabr oyigacha eng yuqori cho`qqiga etadi.
ERKAK "ASAD"LAR
“To`ng`iz yili” erkak “Asad”lar uchun biroz zerikarli bo`lishi mumkin. Yil davomida quvvatsizlik va horg`inlik sizni qurshab oladi. Agar ularning changalidan qochib qutula olsangiz va olg`a intilishda davom etsangiz, ish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.Daromadingiz ham ortadi. Oldinda sizni foydali takliflar va ajoyib loyihalar kutmoqda.
Shaxsiy biznesni yo`lga qo`yish niyatida bo`lganlar ishni boshlasa ham bo`ladi. Biroq foydasi haqida o`ylashga shoshmang. Daromad kelishi uchun biroz vaqt talab qilinadi.
Ish rivojlanib turgan bir vaqtda, oilangizda ayolingiz bilan muammolar paydo bo`lishi mumkin. Shuning uchun besabab rashk qilish, qo`pollik qilish kabi odatlaringizni yig`ishtiring. Uyingiz bekasiga va farzandlaringizga xushmuomala bo`lishga harakat qiling. Ana shunda, hammasi yana iziga tushib ketadi.