1

Pensiyalar qanday qilib qaytadan hisoblab chiqiladi?

Jamiyat 16.01.2019, 10:57
Pensiyalar qanday qilib qaytadan hisoblab chiqiladi?

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Toshkent shahar boshqarmasining pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori 8 EKIHdan 10 EKIHgacha oshirilgani munosabati bilan pensiyalar qaytadan hisoblab chiqilishi to`g`risidagi rasmiy tushuntirishi Norma sharhida yoritildi.

Masalaning tarixi

Eslatib o`tamiz, prezidentning 12.12.2018 yildagi PF–5597-son farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori EKIHning 8 baravaridan 10 baravarigacha oshirildi. Shu munosabat bilan tayinlangan pensiyalar miqdorlarini qayta ko`rib chiqish vazifasi topshirildi.

Nashr shu mavzuda ko`p savollar kelib tushayotganini, pensiyalarni qaytadan hisoblab chiqish tartib-taomilini belgilovchi alohida hujjat mavjud emasligini inobatga olgan holda quyidagi savollarga tushuntirish berishni so`rab byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga murojaat qildi:

• pensiya qachon tayinlanganidan qat`i nazar, pensiyani qaytadan hisoblab chiqish to`g`risidagi qoida barcha pensionerlarga nisbatan qo`llaniladimi;
• pensiya qay tartibda qaytadan hisoblab chiqiladi, pensioner shaxsan murojaat qilishi zarurmi, u qanday hujjatlarni taqdim etishi lozim.

Toshkent shahar boshqarmasining tushuntirish berishicha, Farmonga muvofiq, pensiya tayinlangan sanadan qat`i nazar, pensiyalarni hisoblab chiqarishda qabul qilinadigan o`rtacha oylik ish haqi 8 EKIHdan ortiq bo`lgan barcha pensionerlarning pensiya miqdorlari qayta ko`rib chiqiladi.

Bugungi kunda elektron ma`lumotlar bazasida mavjud bo`lgan ma`lumotlar asosida qayta ko`rib chiqilishi lozim bo`lgan barcha pensiya yig`majildlari bo`yicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi, shu sababli pensionerlarning o`zlari pensiyalari indeksasiyalanishi uchun qaergadir alohida murojaat qilishlari kerak emas.

Ayni paytda, pensiya oluvchilarda savollar yoki qaytadan hisoblab chiqish uchun asoslar mavjud bo`lsa, ular yashash joyidagi Pensiya jamg`armasi bo`limiga qo`shimcha hujjatlarni taqdim etishlari va ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Idora pensiya bo`limiga murojaat qilganda pensionerning qo`lida aynan qanday hujjatlar bo`lishi kerakligi xususida aniqlik kiritmadi. Bu vaziyatda Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomning 147-bandiga amal qilishni maslahat beramiz.

Boshqarma o`z tushuntirishida pensiyani hisob-kitob qilish uchun EKIHning 8 baravaridan ortiq bo`lmagan miqdordagi o`rtacha oylik ish haqi olinadigan «Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida»gi Qonunning 31-moddasiga havola qilib, ushbu norma 2019 yil 1 yanvargacha amal qilganini qayd etib o`tgan. Biroq sharh tayyorlangan paytda unga o`zgartirishlar kiritilmagan edi. Bu bilan turli yuridik kuchga ega bo`lgan ikkita normativ-huquqiy hujjat: prezident farmoni va qonun o`rtasida ziddiyat yuzaga kelmoqda.

Ayni paytda Boshqarma xatida shunday deyiladi: «...kompyuterdagi ma`lumotlar bazasida mavjud bo`lgan ma`lumotlar asosida barcha pensiya yig`majildlari bo`yicha pensiyalar qaytadan hisoblab chiqarildi...». Bundan yuqorida tilga olingan farmon asosida pensiyalarni qayta ko`rib chiqish jarayoni amalga oshirilmoqda, degan xulosaga kelish mumkin, deb yozadi Norma.

Pensiyalarni qayta ko`rib chiqish mexanizmi to`g`risida

Boshqarmaning tushuntirishicha, pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqi o`tgan yillardagi ish haqini pensiya hisoblab chiqarilgan kundagi darajaga keltirish maqsadida qaytadan hisoblab chiqiladi. Ya`ni ilk bor pensiya tayinlanganda hisobga olingan ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar ular har gal oshirilganda tegishli koeffisientlarni qo`llagan holda qaytadan hisoblab chiqiladi («zamonaviylashtiriladi»).

So`ng 2019 yil 1 yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun 10 EKIHdan ortiq bo`lmagan miqdordagi o`rtacha oylik ish haqi qabul qilinishini, 1.11.2018 yildan buyon respublikadagi EKIH 202 730 so`mni tashkil etishini inobatga olgan holda pensiyalarni qaytadan hisoblab chiqishga misollar keltirilgan.

1-misol.

1.01.2019 yilda pensionerning pensiyasi hisoblab chiqariladigan haqiqatdagi o`rtacha oylik ish haqi (tegishli koeffisientlarni qo`llagan holda aniqlangan) 1 720 100 so`mni tashkil etgan.

Mazkur shaxsga pensiya hisoblash uchun o`rtacha oylik ish haqi 1 621 840 so`m (202 730 x 8) miqdorida hisobga olingan, sababi 1 720 100 so`mlik summa 8 EKIHdan oshgan.

1 yanvardan boshlab pensiya 1 720 100 so`mlik haqiqatdagi o`rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi, sababi u eng kam ish haqining 10 baravar miqdoridan (202 730 x 10 = 2 027 300 so`m) oshmaydi.

2-misol.

1.01.2019 yilda pensionerning pensiyasi hisoblab chiqariladigan haqiqatdagi o`rtacha oylik ish haqi (tegishli koeffisientlarni qo`llagan holda aniqlangan) 3 450 200 so`mni tashkil etgan.

Pensiyani hisoblash uchun uning o`rtacha oylik ish haqi ham 1 621 840 so`m (202 730 x 8) miqdorida hisobga olingan, u 8 EKIHdan oshmagan.

1 yanvardan boshlab pensiya 2 027 300 so`m (202 730 x 10 = 2 027 300 so`m) miqdoridagi o`rtacha oylik ish haqidan hisoblanadi, sababi pensionerning haqiqatdagi o`rtacha oylik ish haqi (3 450 200 so`m) 10 EKIHdan oshadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1