AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari muloqot qildi

'O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari muloqot qildi'ning rasmi

17 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.  Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Qozog`iston Prezidentini tavallud kuni bilan chin yurakdan tabriklab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. Qasim-Jomart Toqaevning O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan katta shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Ikki davlat rahbarlari O`zbekiston-Qozog`iston ko`p qirrali hamkorligini yanada kengaytirishga doir dolzarb masalalarni ko`rib chiqdilar. Xiva shahrida bo`lib o`tgan amaliy uchrashuvdagi kelishuvlarning amalga oshirilishi va bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, biznes va hududlarni jalb qilgan holda sanoat, transport va logistika, energetika, qishloq xo`jaligi sohalaridagi kooperasiyani ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi. Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar