Telegramda takroran virus tarqalmoqda. O`zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati fuqarolarni ogohlantirmoqda.
Firibgarlarning maqsadi akkauntingizni boshqarish orqali kontaktlaringizga turli xil ko`rinishlarda zararli havolalar tarqatish va egallab olishdir.
Firibgarlar tuzog`iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi.
Ikki bosqichli autentifikasiyani o`rnating;
Sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
Messenjerning "qurilmalar" bo`limidagi "Faol seanslarni" tekshiring, boshqa qurilmalar faoliyatini to`xtating.
Shuningdek https://www.fake.cyber102.uz veb platforma orqali sahifaning (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olishingiz mumkin.