AsosiyJamiyat

DXX: 3 dona Makarov va 1 dona TT pistoleti hamda o`q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi

'DXX: 3 dona Makarov va 1 dona TT pistoleti hamda o`q-dorilar noqonuniy muomaladan olindi'ning rasmi

 Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida poytaxt hududida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Buxoro shahrida tug`ilgan bir nechta shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek  qo`yildi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ularning doimiy yashash manzillarida jangovar qurol va o`q-dorilar borligi aniqlandi.

Jumladan, 1973 y.t. shaxsning Buxoro shahridagi yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, uyning tom qismiga yashirib qo`yilgan 3 dona Makarov pistoleti va 21 dona patroni, 1 dona TT pistoleti va 5 dona patroni hamda 1 dona tovushni pasaytiruvchi qurilma (glushitel) prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs jinoiy sheriklari bilan birgalikda, ushbu qurollarni va o`q-dorilarni muqaddam Rossiya Federasiyasidan kontrabanda yo`li bilan olib kelishgan.

Sudga oid ballistik ekspertiza xulosasiga ko`ra, qurollar va o`q-dorilar jangovar holatda bo`lib, foydalanishga yaroqli hisoblanadi.

Bundan tashqari, ulardan birining xonadonidan qirqma holatiga keltirilgan va tegishli hujjatlari bo`lmagan 2 dona ov miltig`i hamda 6 dona o`q-dori tegishli tartibda olindi.

Hozirda Jinoyat Kodeksining 246 va 248-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar