2019 yilning 10 aprel kuni “O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” NNT, “O`zbekkino” Milliy agentligi, “Milliy” telekanali hamkorligida “Oltin humo” kinotaqdimoti bo`lib o`tadi.
Kinotaqdimot doirasida matbuot anjumani, davra suhbatlari, ijodiy, malaka almashish bo`yicha uchrashuvlar tashkil etiladi.
Ushbu anjumanni an`anaviy tarzda har yili ijodiy ishlarning yillik sarhisobiga muvofiq, 10 aprel kuni o`tkazish ko`zda tutilgan.
Kinotaqdimot g`oliblari quyidagi nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadi.
- “O`zbek kinematografiyasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun” “OLTIN HUMO” maxsus mukofoti
- “Eng yaxshi hujjatli film”;
- “Eng yaxshi animasion film”;
- “Eng yaxshi grafika ishi”;
- “Eng yaxshi ovoz rejissyori”;
- “Eng yaxshi montaj ishi”;
- “Eng yaxshi grim rassomi”;
- “Eng yaxshi liboslar bo`yicha rassom ishi”;
- “Eng yaxshi rassom ishi”;
- “Eng yaxshi kino bastakori”;
- “Tomoshabinlar mehrini qozongan film”;
- “Eng yaxshi operatorlik ishi”;
- “Eng yaxshi ssenariy”;
- “Eng yaxshi rejissyorlik ishi”;
- “Eng yaxshi erkak roli uchun”;
- “Eng yaxshi ayol roli uchun”;
- “Eng yaxshi film”.
O`zbek “Oskar”iga aylanishi kutilayotgan "Oltin humo"ga kelgusida bardavomlik, bir paytlar kino sohasida berilgan shu kabi sovrinlar singari “bir martalik” bo`lib qolmasligini tilaymiz.