AsosiyJamiyat

Samarqandda 31 ta yangi Isuzu avtobuslari xarid qilinib, yo`nalishlarga chiqarildi

Samarqand shahrida jami 73 ta yo`nalish bo`yicha jamoat transporti harakati yo`lga qo`yilgan. Shundan 71 ta avtobus yo`nalishida 595 ta avtobus hamda 2 ta mikroavtobus yo`nalishlarida 29 ta mikroavtobuslar belgilangan jadvallar asosida qatnab, aholining uzog`ini yaqin qilmoqda, deb xabar berdi UzReport. Shuningdek, zamon talabi va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, avtotransport parki rejali ravishda yangilanmoqda.

Jumladan, so`nggi oylarda Samarqand shahrida faoliyat ko`rsatayotgan «Oqtosh trans avto» MChJ tomonidan 20 ta, «Samarqand trans prestij» MChJ tomonidan 3 ta, «Navobod trans» MChJ tomonidan 8 ta, «Afrosiyob trans servis» MChJ tomondan Isuzu NP37 rusumli avtobuslar xarid qilinib, «Temiryo`l ABB – 65-maktab», «Uzoq lager – Baydakov qishlog`i», «Kimyo zavodi – Ipak yo`li bozori», «Shohi Zinda AAB – Andijoni qishlog`i», «Siyob bozori – Davlatobod»,«Hazora ABB – Motrud qo`rg`oni», «Temiryo`l ABB – Konigil qishlog`i» yo`nalishlariga qo`yildi.

Yangi avtobuslar sotib olinishi munosabati bilan, yaratilgan ish o`rinlariga 70 nafar haydovchi va mexaniklar qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar