GM Uzbekistan avtomobil zavodi nomi o`zgaradi. Bu haqda "O`zavtosanoat" AJ raisi o`rinbosari Aziz Shukurov 5 fevral kuni “O`zbekiston avtomobil sanoati: kechagi kun va kelajak istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani vaqtida ma`lum qildi.
"Tez orada GM Uzbekistan nomi o`zgaradi. Hozirda bu bo`yicha ish olib bormoqdamiz. Hamma masala hal bo`lgach, bu haqida xabar beramiz", - deya Shukurovning so`zlaridan iqtibos keltirmoqda "Xalq so`zi" muxbiri.
Eslatib o`tamiz, korxona eksport qilingan mahsulotlarini Ravon brendi ostida sotib keladi.