“O`zbekiston temir yo`llari” AJning raisi vazifasini bajarauvchi etib Xusnutdin Nuruddinovich Xasilov tayinlandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” telegram kanali.
“Hukumat qarori bilan Xusnutdin Nuruddinovich Xasilovga “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklandi”, - deyilgan xabarda.
2002 yildan buyon “O`zbekiston temir yo`llari” AJ raisi lavozimini egallab kelgan Achilbay Ramatov esa yangi tashkil etilayotgan Transport vazirligiga rahbar etib tayinlanadi. Ramatov bir vaqtning o`zida bosh vazir o`rinbosari lavozimida ham ishlaydi.
Eslatib o`tamiz, Xusnutdin Nuriddinovich Xasilov Toshkent temiryo`l muhandislari institutini injener-mexanik mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. 1999 yildan buyon O`zbekiston temir yo`llari tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.
2016 yil 1 apreldan “O`zbekiston temir yo`llari” AJda bosh menedjer va bosh muhandis lavozimida ishlab kelgan.