AsosiyJamiyat

Endi barcha yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug`ullanishga haqli

'Endi barcha yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug`ullanishga haqli'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevralda “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Qishloq xo`jaligi vazirligi huzurida Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Moliya vazirligi huzurida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, quyidagi tartib belgilandi:

• oziq-ovqat va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan beriladigan lisenziyalar asosida amalga oshiriladi;

• barcha yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug`ullanishga haqli;

• mahalliy pivo mahsulotlari, qaynar va tabiiy vinolarni realizasiya qilish barcha savdo korxonalari, ruxsat etish guvohnomasini olmasdan turib umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar