“Ostona-Petropavlovsk” yo`lida yo`lovchi tashish avtobusi buzildi. Undan 40 nafar o`zbekistonlik va ikki nafar qozog`istonlik haydovchilar qutqarib qolindi. Bu haqda Qozog`iston favqulodda vaziyatlar bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar qildi.
Avtobus “Sariagash-Ekaterinburg” yo`nalishi bo`yicha harakatlayotgan bo`lgan. Barcha yo`lovchilar isinish uchun Kogam qishlog`idagi maktabga olib borildi.
Xabarda aytilishicha, jabrlanganlar yo`q, tibbiy yordam hech kimga kerak bo`lmadi.
O`tgan haftada Qozog`istonda shunga o`xshash holat yuz bergandi. Avtobus nosozlik tufayli trassada to`xtab qolgan. Avtobusda 54 nafar O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo`lgan.
Shu kunlarda Qozog`istonda keskin sovuq tushdi. Respublikaning ko`p qismida havo harorati minus 45 darajaga pasaydi. Shuning uchun Ostonada barcha yo`nalishlar bo`yicha yo`llar yopib qo`yildi.