AsosiyJamiyat

Magnitorgorskda 8 kishini qutqargan qahramonga qimmatbaho sovg`a topshirildi

'Magnitorgorskda 8 kishini qutqargan qahramonga qimmatbaho sovg`a topshirildi 'ning rasmi

O`zbekistonning Rossiyaning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasida Olamafruz Abdullaev bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda keltirilishicha, Bosh konsulxonadagi uchrashuvga Rossiyada vaqtinchalik bo`lib turgan hamyurtlar, jumladan, oliy ta`lim muassasalari talabalari, shuningdek, Sverdlovsk viloyatidagi o`zbek diasporasi rahbari Zokir Allabergenov ham taklif etilgan.

“Uchrashuv yakunida Olamafruz Abdullaevga O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri nomidan qimmatbaho sovg`a va mamlakatimizning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi faxriy yorlig`i topshirildi. “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi tomonidan uning 7-fevralda uchib ketishi uchun Ekaterinburg-Toshkent reysiga bepul bilet ajratildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning so`nggi kunida Magnitogorsk shahrining Karl Marks ko`chasida maishiy gaz portlashi oqibatida o`n qavatli uyning pod`ezdlaridan biri qulab tushishi oqibatida 39 kishi halok bo`lgan edi. Voqea joyiga qutqaruvchilardan oldin o`zbekistonlik Olamafruz Abdullaev etib kelib, sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam bergan edi.

    Boshqa yangiliklar