AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Media-ombudsmen instituti ta`sis etiladi

'O`zbekistonda Media-ombudsmen instituti ta`sis etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda OAV huquqlarini kafolatlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlat idoralarining OAV faoliyatiga asossiz aralashuvidan ogohlantirish, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar o`rtasidagi nizoli holatlarni hal qilish bilan shug`ullanuvchi Media-ombudsmen instituti ta`sis etiladi. Bu haqda O`zbekiston axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Media-ombudsmen ommaviy axborot vositalarining huquqlari buzilganda ularga huquqiy yordam ko`rsatishdan tashqari, o`z o`rnida, OAV tomonidan davlatning amaldagi qonunchiligiga, jumladan, axborot sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya etilishini ham nazorat qiladi.

Bu borada u o`quvchi-mushtariylar, tomoshabinlar va yuridik shaxslarning OAVdagi nizoli materiallar yuzasidan shikoyatlarini o`rganadi. Media-ombudsmen so`z erkinligi va OAV mustaqilligini ta`minlash asnosida shu kabi nizoli vaziyatlarni tartibga solish va sudga qadar ish yuritish bosqichida OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar o`rtasidagi nizoli holatlarni hal qilish funksiyasini bajaradi.

Media-ombudsmen faoliyati quyidagi mezonlar asosida tashkil etiladi: mustaqillik, boy amaliy tajriba, huquqiy normalarni yaxshi bilish va xatolar ustida ishlash, sohaga doir kamchilik va yutuqlardan xabardor bo`lish, professional va dimplomatik yondashuv.

Axborot iste`molchilari va OAV bilan ishlash imkonini beruvchi Media-ombudsmen institutining ta`sis etilishi jurnalistlarimizning huquqiy madaniyati va etikasini mustahkamlashga xizmat qiladi, deb umid qilamiz, deydi K.Allamjonov.

    Boshqa yangiliklar