Gidrometeorologiya xizmati markazi 10—13 fevral kunlari O`zbekistonda bo`ladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Qoraqalpog`iston
Havo o`zgarib turadi, 10 va 11 fevralda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. 11-12 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, 10 fevralda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 12 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10 va 12 fevralda 10-15 daraja iliq, 11 va 13 fevralda 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, 11 va 13 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 12 fevralda 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, 11 va 1- fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 va 13 fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12 fevralda 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari
Havo o`zgarib turadi, 10 va 12 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 11 fevralda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 13 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 11-13 fevralda 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 10-11 fevralda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10 fevralda 0-5 daraja iliq, 11-13 fevralda 3-8 daraja iliq bo`ladi.