Oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo`yicha)» yo`nalishi bo`yicha bakalavriatga o`qishga kirishda test sinovlaridagi fanlar bo`yicha ballar taqsimotini o`zgartirdi (31.01.2019 yildagi 15-son bayonnoma).
Bu haqda universitetning rasmiy saytida ma`lum qilindi. Endi fanlar bo`yicha ballar quyidagicha taqsimlanadi:
- ona tili va adabiyoti – 3,1 ball;
- chet tili – 2,1 ball;
- tarix – 1,1 ball.
2019/2020 o`quv yilidan boshlab kirish imtihonlarida abiturientlar ana shunday ballar bo`yicha baholanadi.
Tahririyatdan: abitur.uz saytida kirish imtihonlariga tayyorlanish va oldindan sinov testlaridan o`tish mumkin.