O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Toshkent» xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo`lib turgan Ksyayman Xalimubieke haqida ma`lumot berdi.
"Ommaviy axborot vositalarining fuqaro Ksyayman Xalimubiekening taqdiriga doir ko`plab murojaatlari munosabati bilan shuni ma`lum qilamizki, u mamlakatimizga Qozog`istondan kelgan va "Toshkent" xalqaro aeroportining tranzit zonasida bo`lib turgan. U O`zbekiston hududiga kirmadi va 2019 yil 9 fevral kuni Bangkok shahriga uchib ketdi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, avvalroq u Tailanddan tranzit bilan Toshkent orqali Olmaota shahriga borgan edi.