Tashqi ishlar vazirligi O`zbekiston fuqarolarining ijtimoiy tarmoqlar orqali yo`llayotgan murojaatlari munosabati bilan quyidagilarni ma`lum qildi:
«O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan mehnat migrasiyasida bo`lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlar jasadini O`zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko`rsatiladi.
Agarda O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lsangiz, Rossiya Federasiyasidagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Ma`lumot uchun:
- Rossiya Federasiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko`chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2). Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.
- O`zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko`chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz», - deyiladi xabarda.